Unda yahudiy davlati mudofaasini kuchaytirish choralari, jumladan, AQSh qo'shinlarini joylashtirish masalasi muhokama qilindi.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
“Prezident Isroilning Erondan kelayotgan barcha tahdidlarga, jumladan, uning nazorati ostidagi HAMAS va “Hizbulloh” terrorchi guruhlari hamda husiylarga qarshi xavfsizlik majburiyatini tasdiqladi”, deyiladi hujjatda. “Prezident Isroilning tahdidlarga, jumladan, ballistik raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalariga qarshi mudofaasini kuchaytirish, shu jumladan mudofaa maqsadlarida AQSh qo'shinlarining joylashtirilishi borasidagi sa'y-harakatlarni muhokama qildi”.
Bayden “mintaqadagi keskinlikni kamaytirish uchun davom etayotgan sa'y-harakatlarning muhimligini ta'kidladi”. Matbuot xizmati “telefon suhbatiga AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris ham qo'shilganini ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.