Ijro buyrug‘i amerikalik yuridik va jismoniy shaxslarning AQSH xavfsizligi yoki demokratik qadriyatlarini buzadigan kompaniyalarga sarmoya kiritishni ta'qiqlaydi. Ushbu ta'qiq 2021 yil 2 avgustdan kuchga kiradi.
Ta'kidlanishicha, qora ro‘yxatda dunyodagi eng yirik telekommunikasiya kompaniyalardan biri — «Huawei Technologies Co. Ltd», mikroelektronika ishlab chiqaruvchi «Semiconductor Manufacturing International Corporation» (SMIC), Xitoyning samolyot ishlab chiqaruvchi «Aviation Industry Corporation of China» (AVIC), telekommunikasiya kompaniyalardan «China Mobile Communications Group Co. Ltd.», «China Telecommunications Corporation», «China United Network Communications Group Co. Ltd.» va boshqalar kiritilgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu farmon «AQShdan kelgan har qanday shaxsga birjada sotiladigan har qanday qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olishda ishtirok etishni ta'qiqlaydi».
Shuningdek, ushbu ijro AQSh sarmoyasining Xitoy mudofaa sektorini qo‘llab-quvvatlashiga to‘sqinlik qilishi, AQSh hukumatiga texnologiyalar sohasida Xitoy kompaniyalari tahdidlariga javob qaytarishga imkon berishi ma'lum qilingan.