Buning uchun tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 1395 ta maxsus avariya brigadalari (6466 kishi va 1334 ta texnika) tunu kun faoliyat yuritishi belgilandi.
Zarur boʻlganda, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 100dan ortiq umumiy quvvati 90.000 kVA boʻlgan koʻchma zaxira quvvat manbalari (dizel elektr stansiyalari) shay holatga keltirilgan.
"Shu bilan bir qatorda, 30-dekabrdan 3-yanvarga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha energetika obyektlarida “texnologik osoyishtalik” yaʼni, elektr qurilmalarida rejali taʼminlash ishlari amalga oshirilmaslik rejimi joriy etilmoqda.
Agar siz bayram kunlari elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha qandaydir muammoga duch kelsangiz, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqamiga, shuningdek, Telegramʻdagi @het_admin administratorga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz", - deyiladi xabarda.