Bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti tartibi maʼlum qilindi

    2024-yil 16-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, yaʼni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

    Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yoʻlovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

    Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.