31-dekabr kuni Toshkentda yogʻingarchilik oʻrtacha 4-5 yilda 1-marta, 1-yanvar kuni esa – 2-3 yilda 1-marta yogʻadi.
Yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3-yanvarda respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik boʻladi, lekin tekislik hududlarda yomgʻir koʻrinishida yogʻadi. 4-yanvarda Oʻzbekiston hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi. Kechalari havo harorati 2-7° iliq, kunduz kunlari 1-3-yanvarda 10-15° iliq, 4-yanvarda esa 5-10° iliq atrofida boʻladi.
Ushbu kunlarda faqat respublikaning togʻli hududlarida qor yogʻadi. 4-yanvarda baʼzi joylarda kuchli qor yogʻishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.