Xususan, havo transporti yoʻnalishida “Uzbekistan Airways”kompaniyasi tomonidan 26 iyundan 3 iyulga qadar qoʻshimcha reyslar tashkil etish hamda A-320 turidagi 150 oʻrinli havo kemalarini A-321 turidagi 180 oʻrinli, V-767 turdagi 246 oʻrinli bortlarni A-330 turdagi 264 oʻrinli oʻrinli havo kemalariga almashtirish orqali aviakompaniya tomonidan Toshkent-Urganch (17 ta), Toshkent-Nukus (15 ta), Toshkent-Buxoro (8 ta), Toshkent-Samarqand (6 ta), Toshkent-Termiz (5 ta), Toshkent-Namangan (2 ta), Toshkent-Fargʻona (4 ta), Toshkent-Qarshi (1 ta) yoʻnalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga bajarilgan qatnovlarda xizmat koʻrsatiladigan amaldagi yoʻlovchilar soni jami 12 400 dan 18 200 taga yetkazilishi belgilangan.

“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (5 ta), Toshkent-Samarqand (4 ta), Toshkent-Qarshi (3 ta), Toshkent-Navoiy (2 ta), Toshkent-Namangan (2 ta), Toshkent-Nukus (3 ta), Toshkent-Termiz (4 ta), Toshkent-Urganch (3 ta), Toshkent-Fargʻona (3 ta), Fargʻona-Urganch (1 ta), Fargʻona-Buxoro (1 ta), Buxoro-Urganch (1 ta) yoʻnalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan reyslarda 4 608 ta yoʻlovchiga xizmat koʻrsatiladi.

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Fargʻona (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yoʻnalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yoʻnalishlarda 1044 ta yoʻlovchiga xizmat koʻrsatiladi.

“My Frieghter” (Centrum-Air) aviakompaniyasi tomonidan
Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Termiz (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yoʻnalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yoʻnalishlarda 1080 ta yoʻlovchiga xizmat koʻrsatiladi.

Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi

27-iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta),  Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta),  Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yoʻnalishlarida qoʻshimcha parvozlar amalga oshiriladi.

27-iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta),  Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta),  Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yoʻnalishlarida qoʻshimcha parvozlar amalga oshiriladi.

28-iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta),  30-iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yoʻnalishida qoʻshimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

28-iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta),  30-iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yoʻnalishida qoʻshimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

2-iyul kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent (1 ta) yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.

Temir yoʻl transporti yoʻnalishida:

26-iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar  Samarqand – Toshkent – Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qoʻshimcha 1 taga oshiriladi natijada qatnovlar soni 16 taga va joylar soni 4,5 mingtaga oshadi. Bu orqali ushbu yoʻnalishda tashilayotgan yoʻlovchilar soni teng barobarga oshadi;

26, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari  Toshkent – Xiva yoʻnalishida hamda 27, 29-iyun va 1, 3-iyul kunlari Xiva – Toshkent yoʻnalishida harakatlanuvchi qoʻshimcha 1 ta yoʻlovchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi;

26-iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar  Toshkent – Termiz – Toshkent, Toshkent – Shovot – Toshkent, Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent, Toshkent – Buxoro – Toshkent  yoʻnalishidagi mavjud yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha 4 tadan vagonlar ulanadi.

26-iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar “Toshkent-Namangan-Toshkent” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdlar qatnovlari qoʻshimcha 1 taga oshiriladi.

29-iyun Toshkent – Qarshi – Toshkent  yoʻnalishidagi “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qoʻshimcha 1 taga oshiriladi.

26-iyun 3-iyul kunlari jami 42 ta reys amalga oshirilib, 135 mingta yoʻlovchi (jumladan, qoʻshimcha 27 mingta yoʻlovchi) tashish imkoniyati yaratiladi.

 “Toshkent” avtovokzalidan bajariladigan avtobus qatnovlari

Toshkentdan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Navoiy yoʻnalishlarida kunlik 32 ta rejadagi reyslar bilan birga qoʻshimcha 18 tagacha reys amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 50 ta reyslar orqali 2700 ta yoʻlovchilar oʻz manziliga yetkazilyapti.

Umumiy qatnovlar soni 350 ta reysni tashkil etib, 19 mingta (6,930 ta qoʻshimcha) yoʻlovchilar tashiladi.

26-iyun kuni Toshkentdan Zarmitan, Joʻsh, Mirbozor, Qiziltepa, Qorakoʻl, Termiz, Denov, Uzun, Mangʻit, Samarqand, Buxoro, Zarafshon, Uchquduq, Urganch, Konimex, Xatirchi, Qarshi, Xiva yoʻnalishlarida 39 ta qoʻshimcha reyslar bajarildi.

27-iyun kuni “Toshkent” avtovokzalidan mazkur yoʻnalishlarda qoʻshimcha 43 ta reyslar bajarilishi rejalashtirilgan.

Yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqqan holda yuqoridagi yoʻnalishlarda yana qoʻshimcha qatnovlar tashkil etiladi. 

Shu munosabat bilan yoʻlovchilardan “Toshkent” avtovokzali xizmatidan foydalanishlarini soʻrab qolamiz.

“Toshkent” avtovokzalida 24 soatlik ish rejimi tashkil etilgan.