Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Dushanba kunduzi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Bu kun dekabr oyi oxirgi kunlarining eng iliq kuni boladi. Kunduzi havo +13…+18 darajagacha isiydi.

30−31-dekabr kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-dekabrda havo haroratining pasayishi boshlanadi, 31-dekabrga kelib, harorat +5…+10 daraja atrofida boʻladi.

1−2-yanvar kunlari Oʻzbekiston boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Surxondaryo viloyatida va Fargona vodiysi viloyatlarida 1-yanvar kuni bazi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kunduzi 1-yanvarda +3…+8 daraja, 2-yanvarda +8…+13 daraja boʻladi.

3−4-yanvar kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 3-yanvar kuni, 4-yanvar kuni kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. 4-yanvarga kelib, kunduzgi harorat asta-sekin 0…+5 darajagacha pasayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda ayrim kunlarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Togʻlarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +15…+17 daraja boʻladi. 30-dekabrda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kunduzi +11…+13 daraja boʻladi. 31-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kunduzi +8…+10 daraja boʻladi.

1−2-yanvar kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 1-yanvarda +5…+7 daraja, 2-yanvarda +11…+13 daraja boʻladi. 3-yanvar va 4-yanvarga oʻtar kechasi vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Kunduzgi harorat asta-sekin 0…+5 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.