Arzonlashtirilgan narxda va imtiyozli ipoteka krediti qoʻllanilayotgan bu zamonaviy turar joyning har bir xonadoni umumiy toʻlovining 25 foizli boshlangʻich badal toʻlovi harbiy xizmatchilarning ish joylari, qoʻmondonlik tomonidan toʻlab berildi.

Uyning qolgan 75 foizli toʻloviga esa uzoq muddatli ipoteka krediti joriy qilingan boʻlib, bu toʻlov xonadon egalarining oylik maoshiga qaratilayotgani ular uchun ham juda qulay. Shinam, barcha qulayliklarga ega yangi uy hovlisi obodonlashtirilib, bolalar maydonchasi barpo etilgani xonadon sohiblariga manzur boʻldi.

Zamonaviy va shinam uylarni egalariga topshirish marosimida viloyat hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahri hokimliklari mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda xonadon egalariga uy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Shu kuni Milliy gvardiya boʻyicha Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining ham bir guruhi yangi uyli boʻlishdi. Shu manzilda ular uchun bunyod etilgan 7 qavatdan iborat 42 xonadonli koʻp qavatli uyning ham kalitlari oʻz egalariga tantanali tarzda topshirildi.