Emmanuel Makron aslida Bayrutga koʻrilgan zararni koʻzdan kechirish uchun kelgan edi. Aksiga olib, shu yerga toʻplangan aholi “Tizim qulamoqda”, «Prezident Mishel Aun — terrorist», degan ayblovlar bilan oʻz hukumati rahbarini sharmanda qilgan. Bu video ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqalishga ulgurdi. Makron Bayrutdagi yomon shikastlangan Gemmayze koʻchasida boʻlib, qurbonlarning gaplarini tingladi.
Eslatib oʻtamiz, Makron Bayrutdagi portlash munosabati bilan Livan aholisi uchun xalqaro qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish niyatida ekanligini aytgandi. Shuningdek, Livandagi Ukraina elchixonasi ham portlashda jarohat olgan 30 ukrainalikka kichik moliyaviy yordam berilishini maʼlum qilgan.