Bayrutdagi portlashda kamida 113 kishi halok bo'ldi. Bu haqda chorshanba kuni Al Mayadeen telekanali Livan sog'liqni saqlash vaziri Hamad Hasanga tayanib xabar qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, o'nlab odamlar hanuz vayronalar ostida.
Seshanba kuni Livan harbiy dengiz bazasi yaqinidagi Bayrut dengiz porti hududida kuchli portlash sodir bo'ldi. Natijada o'nlab uylar, mashinalar vayron bo'lgan, poytaxtning ko'plab kvartallarida oynalar singan. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, fojia sababi bojxona xizmatlari tomonidan 2015 yilda musodara qilingan 2700 tonna ammiakli selitraning zararli omborda saqlanishi bo'lgan.
Mamlakatda motam e'lon qilindi. Livan poytaxti falokat zonasi deb tan olindi, shaharda ikki hafta davomida favqulodda holat joriy qilingan.