Xalqaro donorlar Bayrut uchun BMT soʻragan yordam pulini ortigʻi bilan yigʻishga muvaffaq boʻlishdi.

Donorlar xalqaro anjumani ijtimoiy inqirozdagi Livan uchun 252,7 mln. yevro yigʻdi. Bu haqda Fransiya va BMT tashkillashtirgan onlayn anjumanga raislik qilgan Emmanuel Makron atrofidagi manbalarga asoslanib DW xabar berdi.

“Livan uchun yordamga shay mamlakatlar koʻpligidan taʼsirlandim”, — dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlasharkan.

AQSH rahbari Donald Tramp ham Bayrutni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi, biroq qancha mablagʻ berishini ochiqlamagan.

Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi Livanga 63 mln. yevro yordam puli beradi.

Yuqoridagilardan tashqari, Xalqaro Qizil xoch tashkiloti ham bu yil Livanga 40 million yevro moliyaviy koʻmak ajratishini maʼlum qilgan.