“Baytqoʻrgʻon — Parkent“ elektrlashtirilgan temir yoʻl qurilishi boshlandi

    Shu yilning 23-yanvar kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Baytqoʻrgʻon – Parkent“ oraligʻida elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasining qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

    Transport vazirligining xabar berishicha, loyiha boʻyicha “Baytqoʻrgʻon – Parkent“ elektrlashtirilgan temir yoʻli umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat boʻladi.

    Yangi yoʻnalishni loyihalash ishlari “Boshtransloyiha“ aksiyadorlik jamiyati, qurilish ishlari esa temiryoʻlchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

    Ushbu yangi loyiha yakuniga yetib, foydalanishga topshirilgach Parkent tumanining togʻli soʻlim goʻshalariga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortishiga zamin yaratiladi.