Uning soʻzlariga koʻra, baʼzi odamlar yaqinda virusli infeksiyaga chalingan, koronavirusning boshqa turini boshidan oʻtkazgan yoki mahalliy immunitetga ega.
Yuqumli kasallik boʻyicha mutaxassis antitanachalarni organizm patogen bilan uchrashganligini koʻrsatuvchi marker deb atadi. Shu bilan birga, baʼzi odamlar infeksiyaga, masalan, OIV kabi kasalliklarga moyil emaslar.

“Koronavirus infeksiyasiga chalingan bunday odamlar koʻp. Nima sababdan ular immunitetga ega — bu hali ilmiy muhokama bosqichida”, — dedi Voznesenskiy.

Birinchi taxminga koʻra, odam allaqachon koronavirusning boshqa turi bilan kasallangan. Natijada, unda immunitet paydo boʻlgan.

Ikkinchi taxmin, mutaxassisning fikriga koʻra, odam koronavirusga duch kelganida, organizmida boshqa virusli infeksiya mavjudligi tufayli u allaqachon yuqori darajadagi interferonlarga ega boʻlishi mumkin, bu oxir-oqibat kasalikka sezgirlikni pasaytiradi.

Uchinchi sabab haqida soʻz yuritilganda, gap immunitetning mahalliy elementlari, nafas yoʻllarining shilliq qavatida virusning kirib kelishiga toʻsqinlik qiladigan immunitet komplekslari tilga olindi.