Baʼzi pensionerlarning bank kartalariga tushgan mablagʻ nega “bekor qilindi”?

    Bu kabi holat jami pensiya oluvchilarning 3 foizida kuzatilgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab boʻlayotgan mazkur holat yuzasidan Xalq banki Rasmiy munosabat bildirdi.

    Unga koʻra, Xalq banki tizimida pensiya mablagʻlarining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli baʼzi pensionerlarning bank kartalariga kirim qilingan mablagʻlar “bekor qilingan” holati yuzaga kelgan.

    Mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3 foizida kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, “bekor qilingan” pul mablagʻlari bank kartalarga qaytarilmoqda.

    “Eslatib oʻtamiz, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qaroriga asosan, oʻzgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi”, - deyiladi xabarda.