BCG tahliliga ko'ra, inqiroz mehnatga layoqatli aholining ko'pchiligiga ta'sir qiladi. "COVID-19 ning boshlanishi tufayli yuzaga kelgan inqiroz global ishchi kuchidagi tub o'zgarishlarni baholash juda qiyin. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdiki, 2020 yilda 1,9 milliardan ziyod inson (dunyodagi mehnatga layoqatli aholining yarmidan ko'pi) ishsiz qolishi yoki yarim kunlik ishga o'tishi mumkin ”, deyilgan hisobotda.
Hisobotdagi yana bir tahlilga ko'ra, inqiroz oqibatlari turli sohalar bo'yicha farq qilib, karantin qoidalariga bevosita bog'liq bo'lgan sohalar ko'proq zarar ko'radi.