Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi magistrlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimni universitet rektori Sadoqat Siddiqova kirish so‘zi bilan ochib, magistrlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy mуборакbod etdi. Rektor o‘z nutqida bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari, kasbiy faoliyati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Joriy yilda Buxoro davlat texnika universitetining magistratura bosqichini 36 ta mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan 127 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomlab, hayotlarining yangi va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ydi.