U +100 kg polvonlarning ilk oʻtish bosqichida moʻgʻulistonlik Durenbayar Ulzibayarni magʻlub etgan edi.
Bekmurod hozirgina chorak final yoʻllanmasi uchun niderlandiyalik Henk Grolga qarshi kurash olib bordi. Shunisi quvonarliki, polvonimiz 1/8 finalda uchinchi raqamli dzyudochi sanalgan, Olimpiadaning ikki karra sovrindori Grolni 25 soniyada ippon bahosi bilan yutdi.
Chorak finalda Bekmurod chexiyalik Lukash Krpalek bilan uchrashadi. Polvonimizga omad tilaymiz.