Bekobod tumanida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

    Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Bekobodda press-tur tashkil etildi.

    Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda OAV vakillari, internet blogerlari hamda fotomuxbirlar ishtirok etdi.

    Dastlab tuman hokimi Furqat Xudoyberdiyev ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvdan so'ng jurnalistlar tumandagi “Yangi hayot” MFYda parandachilik yo'nalishida faoliyat olib boruvchi “Uch botir omad” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Navbatdagi manzil Dalvarzin kasb-hunarga o'qitish markazi bo'ldi.

    — Mazkur markaz 2019 yilda tashkil topgan, — deydi markaz rahbari Muborak Mavlanova. — Tuman Bandlikka ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda aholi bandligini ta'minlash, qisqa muddatda kasb-hunarga o'qitishga harakat qilinayapti. Ayni vaqtda 12 turdagi hunar yo'nalishida 542 nafar aholi vakillari tahsil olmoqda.

    Shuningdek, press-tur davomida tuyaqushchilik, intensiv usulda baliqchilikni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar bilan tanishildi.