Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo'mita raisi, O'zXDP fraktsiyasi a'zosi Ulug'bek Shermatov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, partiyaning viloyat kengashi rahbari Akmal Umaraliev hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan Bekobod shahrining Nurli yo'l va Turkiston mahallalarida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan mahalla ettiligi faoliyati o'rganildi.

Hududlarda kuzatuv kameralari o'rnatilganligi, yoritish chiroqlari mavjudligi, qo'riqlovga olingan xonadonlar hamda ob'ektlar o'rganildi va barcha ko'p qavatli uylarning yo'laklari yopiladigan holatda bo'lishi, huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo'lgan fuqarolar bilan samarali ijtimoiy profilaktika ishlarini olib borish zarurligi ta'kidlandi.