Madaniy meros agentligi ushbu bino madaniy meros ob’yekti sifatida qayd etilmaganini ma’lum qiladi. Toshkent viloyati “Bekobod syement AJ”ga qarashli bo‘lgan “Bekobod syement madaniyat uyi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 yildagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida ro‘yxatga olinmagan.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Madaniy meros agentligi o‘z tizimidagi moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, viloyatimizdagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.