Bektemir Meliqoʻziyev 20-aprel kuni Dibombega qarshi ringga koʻtariladi

    Bektemir Meliqoʻziyev 20-aprel kuni fransiyalik Pyer Xuber Dibombega qarshi jang qiladi.

    Bu haqda Bektemir hamkorlik qiladigan “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi jang kunini rasman eʼlon qildi.

    Ushbu jang Nyu-York shahrida tashkil etiladi va DAZN orqali translyatsiya qilinadi. Unda Bektemir oʻziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.

    Maʼlumot uchun, charm qoʻlqop ustamiz shu kungacha prof boksda 14 ta jang oʻtkazib, ularning 13 tasida gʻalaba qozongan (10 ta KO). Hisobida bitta magʻlubiyat bor. Xuber esa 23 ta jang oʻtkazib, ularning 22 tasida gʻalabaga erishgan (12 ta KO). Bektemir singari bir marotaba magʻlub boʻlgan.