Unda oʻzbekistonlik superoʻrta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqoʻziyev ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga koʻtarildi va oʻziga tegishli WBA qitʼalararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Garchi toʻqnashuv Meliqoʻziyev uchun noxush boshlangan boʻlsa-da — birinchi raundda raqibining boshi bilan bergan zarbasi tufayli qoshi yorildi — hamyurtimiz jang tizginini oʻz qoʻliga ola bildi. Yettinchi raundga kelib Bektemir raqibini texnik nokautga uchratdi va muddatidan oldin gʻalabani naqd qildi.

Jang yakunida bokschimiz ilk raunddagi jarohat pand berganini, biroq jiddiy tayyorgarlik evaziga qiyinchilikni yengib oʻtganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, endigi asosiy maqsad — jahon chempionlik kamarini Oʻzbekistonga olib kelish. Meliqoʻziyev tez orada chempionlik jangiga tayyor ekanini qatʼiy bildirdi.

Maʼlumot uchun, 29 yoshli Bektemir Meliqoʻziyev shu kungacha professional ringda 18 ta jang oʻtkazgan. Uning hisobida 17 ta gʻalaba (11 tasi nokaut bilan) va 1 ta magʻlubiyat mavjud.