Professional bokschimiz okean ortida mashgʻulotlarni davom ettirish maqsadida yanvar oyida AQSHga joʻnab ketadi. Uning aytishicha, promouterlari mart oyida Bektemirga jang tashkil etib berishni maqsad qilishgan. Katta ehtimol bilan bu Eliminator, yaʼni chempionlik yoʻlidagi saralash jangi boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Bektemir Meliqoʻziyev soʻnggi jangini 8-oktyabr kuni Alantes Foksga qarshi oʻtkazib, raqibini nokautga uchratgandi.