Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Bektemir tuman boʻlimlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.X va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro I.dan “Samsung A71” rusumli uyali aloqa vositasini 300 AQSH dollariga, fuqaro A.dan “Iphone X” rusumli uyali aloqa vositasini 500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, ularga qalbaki 800 AQSH dollari berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz marakasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik oʻtkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan milliy valyuta “soʻm”dan yoxud chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlardan foydalanish orqali oʻzingizni noqonuniy harakatlardan asragan boʻlasiz.