Unda qayd etilishicha, bugun, 11-avgust kuni soat 14:36 da Toshkent shahar Bektemir tumani “Oltintopgan” va “Bektemirshox” koʻchalari chorrahasida yuk koʻtarishga moʻljallangan avtokranda yongʻin yuzaga kelgani toʻgʻrisida FVVga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:46 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:50 da oʻchirilgan. Yongʻin natijasida avtokranning salon va motor qismi yonib zararlangan 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.