Aniqlanishicha, 35 yoshli haydovchi "Spark"ni boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay, yo‘l chetida to‘xtab turgan 28 yoshli haydovchiga tegishli "Spark" rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, 40 yoshli piyoda G.D. turli xil tan jarohatlari, 2-darajali koma holati tashxisi bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 11 aprel kuni soat tungi soat 2:15 da vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.