Bekzodning raqibi Zaurbek yarim final bellashuvida qozogʻistonlik Diniyar Kaysanov bilan bellashib, raqibini magʻlub etdi va oltin medal uchun kurash olib boradigan boʻldi. Rossiyalik sportchining gʻalabasi Bekzod Abdurahmonovga bronza medali uchun kurashish imkoniyatini taqdim etdi.

Endi ertaga Bekzod bronza medali uchun oʻtish bellashuvida Gvineya-Bissau vakili Midana Augustoga qarshi gilamga chiqadi. Uni magʻlub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanov bilan bellashadi.