Tomonlar Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb qilish, shuningdek Belarus kompaniyalarining Oʻzbekistonda, xususan Boʻstonliq va Zomin tumanlarida (Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida) eko-uylar qurish imkoniyatlariga oid masalalarni muhokama qilishdi.

Oʻtkazilgan muzokaralar doirasida Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida ikki tomonlama turizmni rivojlantirishga doir hukumatlararo kelishuv tayyorlanmoqda. Mazkur kelishuv joriy yilning 16-18-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi doirasida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Kelishuv ikki tomonlama turistik salohiyatni targʻib qilish hamda Oʻzbekistondan Belarusga va Belarusdan Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb qilishga yoʻnaltiriladi.

Hujjatda Oʻzbekistonning togʻ-changʻi kurortlarini targʻib qilishga, shuningdek mamlakatimizning investitsion loyihalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.