Xususan, parlament delegatsiyasi M.Tanka nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida ushbu mamlakat taʼlim vaziri A.Ivanes va oliy taʼlim muassasasi rektori A.Juk bilan muloqot oʻtkazdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, pedagogik kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda taʼlim jarayonlarini tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar va professorlar akademik almashinuvi hamkorlikning samarali usullaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

BPDU rektori A.Juk Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

Muloqot yakunida taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.