Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Belarus Respublikasi Elchisi 2022-yil 27-28-oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) tadbirlari yuqori saviyada oʻtganini taʼkidladi.

Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi N.Kochanovaning MDH PA majlisi doirasida boʻlib oʻtgan ikki tomonlama uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy masalalarini muhokama qildi.

2023-yilda ikki mamlakat parlamentlari rahbarligida navbatdagi Oʻzbekiston-Belarus mintaqalar forumini tashkil etishdan tomonlarning oʻzaro manfaatdorligi qayd etildi. Avvalgi forum 2019-yilda Minskda boʻlib oʻtgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.