Belarusda “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkazildi

    Qoʻshni davlat kino muxlislari tomonidan oʻzbek filmlari iliq kutib olindi.

    Belarusda “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkazildi

    Belarus Respublikasining Minsk shahrida 10 12-sentyabr sanasida ilk bor “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkazildi.

    10-sentyabr kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi, 11-sentyabr kuni “Islomxoʻja” tarixiy badiiy filmi namoyish etildi.

    12-sentyabrda esa Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbasovning “Sen yetim emassan” badiiy filmi namoyish etildi. Qoʻshni davlat kino muxlislari tomonidan oʻzbek filmlari iliq kutib olindi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.