Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan yakuniy natijalarga koʻra, 80,23 foiz ovoz bilan amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning qoʻli baland kelgan.
Saylovda aholining 84,23 foiz saylovchilari ishtirok etgan. Davlat rahbari lavozimiga 5 nafar nomzod daʼvogarlik qildi.
Svetlana Tixanovskaya (partiyasiz) — 9,9% ovoz, Anna Kanopaskaya (partiyasiz) — 1,68%, Sergey Cherechen («Gramada» partiyasidan) — 1,13%, Andrey Dmitriyev (partiyasiz) — 1,04% ovoz toʻplagan.
Shuningdek, 6,02 foizi ovoz beruvchi hammaga qarshi ovoz bergan.
Maʼlumot berilishicha, saylovlarda hech qanday qonunbuzarlik holatlari aniqlanmagan. Shunday boʻlsada, saylov natijalaridan norozilik holatlari kuzatilgan.