Uning doirasida bir guruh belaruslik mutaxassislar tibbiy koʻrik va yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida bemorlar konsilium qilinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Shundan soʻng belaruslik tibbiyot fanlari doktori, akademik Yuriy Ostrovskiyning “Oʻtkir aorta sindromi: davolash va yechim”, “Yurak transplantatsiyasi kecha va bugun” hamda “Yurak transplantatsiyasi va oʻtkir aorta anevrizmasi” mavzularida maʼruzalari tinglandi.
Qolaversa, shu kunning oʻzida xorijlik va filial mutaxassislari hamkorligida 4 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.
Rejaga koʻra, salomatlik kunlari doirasida Qashqadaryoda yana 5 nafar bemor operatsiya qilinadi.