Maʼruzachi Yekaterina Tarasova “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi prodyuserlik markazi rahbarining oʻrinbosari, kinostudiyaning ijodiy prodyuseri hisoblanadi.

Yevgeniy Levandovskiy esa “Kinopost” majmuasining rahbari va “Belarusfilm” milliy kinostudiyasining post-prodakshn boʻyicha prodyuseri.

Ular tomonidan tashkil etilgan mahorat darsi filialning “Kino va TV prodyuserligi” yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻtkazildi. Dars yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mashhur kinoprodyuserlarga murojaat qilishdi. Ishtirokchilar muhokama va munozaralar asnosida oʻrtaga tashlangan muammolar va yangi rejalar har ikkala tomon uchun ham foydali boʻlganligini eʼtirof etishdi.