Davolashning mazkur usuli kimyoviy terapiya samara bermaganda qo'llaniladi va yaxshi samara beradi.

Endi qon saratoni bilan kasallangan eng og'ir holatdagi bemorlar ham yashab ketishi mumkin.

Davolashning mazkur usuli uch yilda ishlab chiqildi va ikki bor sinovdan o'tkazildi.

Shifokorlar CAR-T-hujayra terapiyasini o'zlashtirishdi. Bu jahon tibbiyotida ilg'or texnologiya sanaladi. Bemorlardan limfositlar olinadi. U probirkada o'simtalarni bartaraf qilishga o'rgatiladi. Shundan so'ng organizmga qaytariladi.

“O'tkir limfoblastik leykozda yashab ketish qariyb 90 foiz. Tasavvur qiling, kimyoviy terapiyadan so'ng o'n bemordan to'qqiz nafari yashab ketadi. Ammo 10 foiz holatda ularga yordam berish foyda bermaydi. Ana shu qolgan bemorlarga esa CAR-T-terapiyasi qo'llaniladi. Ya'ni, bundan kelib chiqadiki, biz har bir bolaga yordam bera olamiz”, deydi Bolalar onkologiyasi, gemotologiyasi va immunologiyasi respublika ilmiy-amaliy markazi direktori o'rinbosari Mixail Belevsev.