Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 400 ga yaqin yosh polvonlar turli vazn toifalarida g'oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Musobaqa ochilish marosimida O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlariga qaratilayotgan yuksak e'tibor xususida alohida to'xtalib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Chempionat 12-aprelga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV