Mahalla faollari va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari ushbu marosimlarni o'tkazishda belgilangan talablarini bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib boradilar. «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, marosim o'tkazilishidan avval profilaktika inspektori marosim o'tkazayotgan xonadon egasini rasman ogohlantiradi.
Belgilangan talablarni buzgan shaxslar Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarni buzish), ya'ni karantin qoidalariga rioya qilmay, koronavirus infektsiyasini tarqalishiga sababchi bo'layotganligingiz uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki ushbu xatti-harakat og'ir oqibatlarga, jumladan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi IIV
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi
Axborot guruhi