Belgiya Falastin davlatini tan oldi

    Belgiya Falastinni davlat sifatida tan olgan davlatlar guruhiga qo'shildi.

    Bu haqda Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever BMT Bosh Assambleya sessiyasi chog'ida ma'lum qildi, deb xabar berdi report.az.

    “Belgiya har doim ikki davlat tamoyilini himoya qilib kelgan va bugun Nyu-York deklaratsiyasini imzolagan davlatlar qatoriga qo'shildi. Faqat shunday yechim Isroil va Falastin xalqiga tinchlik va xavfsizlikda yonma-yon yashash imkonini beradi”, deb ta'kidladi hukumat rahbari.

    “Isroillik siyosatchilar, jumladan, Bosh vazir [Binyamin Netanyaxu]ning Falastin davlati mavjud bo'lmaydi, degan so'nggi bayonotlari bu masalada falastinliklarni qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha sababdir. Shuning uchun Belgiya bugun Falastin davlatini tan olganini e'lon qilgan davlatlar guruhiga qo'shilish orqali butun dunyoga kuchli siyosiy signal yubormoqda”, dedi Vever.