Bel`giya kirish va chiqish cheklovlarini bekor qildi

    endi nazorat kuchaytiriladi

    19-apreldan Belgiya aholisi va fuqarolari mamlakatga hech qanday toʻsiqsiz kirish va chiqish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ilgari, mamlakat ahamiyatsiz sayohatlarga cheklov qoʻygan edi. Endi mamlakatga kirayotganlar karantinni saqlash uchun “qattiq nazoratga” olinadi, deb xabar bermoqda Kazinform.

    Yevropa Ittifoqi chegarasini kesib oʻtish masalasi boʻyicha Belgiya Shengen mintaqasining umumiy Yevropa qoidalariga boʻysunadi.

    Belgiyaga “qizil” zonadagi davlatlardan kelganlar “Travelers Online” portalida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Maxsus ishlab chiqilgan shakl uchun 2 ta PZR sinovini topshirish kerak. Mamlakat boʻylab sayohatchilar qatʼiy karantin rejimiga rioya qilishlari lozim. Birinchi kelgan kuni PZR sinovi topshirilishi majburiy. Ikkinchisi esa yettinchi kuni topshiriladi.

    Yuqoridagi qoidalarga rioya qilmaganlar 250 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Yettinchi kuni, agar test manfiy boʻlsa, karantin tugaydi. Agar test musbat boʻlsa, tashrif buyuruvchi oʻn kungacha karantinda boʻlish kerak.