Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi axborot xizmati xabariga ko'ra, taqdimotda Evropa Ittifoqi va Bel`giyadan diplomatlar, qator xorijiy davlatlarning elchilari, tahlilchilar, siyosiy va ilmiy doira vakillari, “aql markazlari” ekspertlari hamda etakchi ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Taqdimotda xorijlik hamkorlarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O'zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy jihatlari haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, E.Tulyakov Evropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgani, bunga xalqaro tashkilotlar doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar ham alohida turtki bo'layotganini alohida e'tirof etdi.
O'z navbatida, xorijlik hamkorlar tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan “O'zbekiston – 2030” strategiyasiga katta qiziqish bildirildi. Ishtirokchilarning mazkur strategiya doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ularning bajarilishini monitoring qilish usullariga oid savollariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari batafsil javob qaytardi.
Taqdimot davomida O'zbekiston va Evropa davlatlari o'rtasidagi hamkorlikka ham alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar aloqalarni muntazam davom ettirishga kelishib oldi va tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.