O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyatiga bag‘ishlangan ushbu maqolada Buxoro davlat universitetining chet tillar fakulteti talabasi Mehrojbonu Ochilova tomonidan o‘zbek palovining tayyorlash usullari haqida so‘z yuritilgan.

Nashrda palov o‘zbek milliy taomi hisoblanishi, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo oshxonasining muhim qismi ekani va ushbu taomni tayyorlash oshpazdan yuqori darajadagi mahoratni talab qilishi taʼkidlangan.

O‘zbeklar anʼanasiga ko‘ra, palov tayyorlash uchun qo‘y yog‘idan foydalaniladi, xohishga ko‘ra, mol go‘shti va o‘simlik yog‘ini ham qo‘llash mumkin. Iloji bo‘lsa, yog‘li go‘shtni tanlang. Shunda ajoyib va mazali natijaga erishasiz, deyiladi materialda.

Maqolada osh tayyorlash jarayoni va unda qo‘llaniladigan masalliqlar haqidagi maʼlumotlar taqdim etilgan. Osh pishirishni ixtiyor etgan mushtariy uchun ushbu manbada yetarlicha maʼlumotlar taqdim etilgan. Yaʼni material har qanday oshxona bekasi, jumladan, xorijliklar uchun tayyor qo‘llanma vazifasini bajaradi.

Muallif, shuningdek, palov turlari haqidagi maʼlumotlarni mushtariylar eʼtiboriga havola qilgan.

«Basmati guruchi palov tayyorlash uchun juda yaxshi, lekin agar xohlasangiz, oddiy uzun yoki o‘rta donli guruchdan foydalanishingiz mumkin. Agar shunday bo‘lsa, guruchni 30 daqiqadan bir soatgacha suvda iviting va zirvakka qo‘shishdan oldin uni to‘liq pishishini taʼminlash uchun yaxshilab quriting, - deb tavsiya bergan muallif. - Ko‘pgina o‘zbek oshpazlari palovga yoqimli taʼm berish uchun quritilgan ziravorlar qo‘shadi. Palovning chiroyli va mazali pishishi uchun mayiz, quritilgan o‘rik ham qo‘shib ko‘ring».