Uchrashuvda Baxtiyor Saidov Aleksandr Ogorodnikovni Belarus Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.
“Bugun Tashqi ishlar vazirligida elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning ustuvor yoʻnalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.