“BELPHARM” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi

    Salomatlik 27 Avgust 2020 994

    Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish yoʻnalishida Belarusning “BELPHARM” kompaniyasi bilan umumiy qiymati 20 million dollarga teng 4 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

    “COVID-19” pandemiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bugungi vaziyatda ham ikki davlat oʻrtasida ushbu yoʻnalishda samarali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

    Kuni kecha Belarus Respublikasining “BELPHARM” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

    Gumanitar yuk tarkibida virusga qarshi preparat, virusli va oʻtkir respirator infeksiyalarda qoʻllaniladigan dori vositalari, antigipertenziv hamda bronxolitik preparatlar mavjud.

    “BELPHARM” kompaniyasi Oʻzbekistonga yaqinda kirib kelgan boʻlib, Toshkent shahrida turli tabletka, kapsula va sashe shaklidagi yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy xorijiy korxona qurilmoqda.