Tadbir Niderlandiyaning “Madaniyatlar karvoni” ijodiy agentligi va “Markaziy Osiyo-Yevropa ijodiy alyansi” asoschisi Yelena Xaritonova va Oʻzbekiston elchixonasi bilan hamkorligida tashkil etildi.
Alyans rahbari soʻnggi yillarda xalqaro maydonda katta shuhrat qozongan Yangi Oʻzbekiston albatta, yevropalik sayyohlar va dizaynerlar eʼtiborida ekanini taʼkidladi. “Oʻzbekistonda qoʻlda kashtachilik, zargarlik buyumlari yasashning qadimiy anʼanalari saqlanib, avloddan-avlodga oʻtib kelayotganidan xursandmiz”, — dedi Yelena Xaritonova.
Shuningdek, u “Markaziy Osiyo-Yevropa ijodiy alyansi” Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligi taʼkidladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Markaziy Osiyo-Yevropa ijodiy alyansi” gʻoyasi Yevropadagi manfaatdor tomonlarga ikat madaniyati va anʼanalarini tanishtirishdan iborat boʻlib, ishtirokchilar ikat ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishishlari mumkin boʻlgan Markaziy Osiyoga “toʻqimachilik turlarini” tashkil etishdan iborat.








