Al Ekhbariya telekanali xabariga koʻra, “Real” hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Futbolchi “Al-Ittihod” bilan kelishuvga erishgan. Jidda shahri klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi oʻrtasida 2 yillik shartnoma imzolangan.

Sal oldinroq Benzemaning Saudiya Arabistoni klubiga oʻtishi, “Al-Ittihod” unga 2 yilga 200 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Taʼkidlash joizki, “Al-Ittihod” joriy yilda  Saudiya Arabistoni chempioni boʻldi.