“Real” hujumchisi Karim Benzema Goal talqiniga koʻra, “Oltin toʻp”ga daʼvogarlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinni esa “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh egallab turibdi.
“Oltin toʻp”ga daʼvogar futbolchilar oʻnligidan 3 ta “Liverpul”, uchta “Real”, ikkita “Manchester Siti” va bittadan “Bavariya” hamda PSJ oʻyinchilari joy olgan.
Ayni paytda kuchli oʻnlik quyidagicha koʻrinishga ega:
1.Karim Benzema – “Real”;
2. Muhammad Saloh – “Liverpul”;
3. Sadio Mane – “Liverpul”;
4. Robert Levandovski – “Bavariya”;
5. Kilian Mbappe – “PSJ”;
6. Vinisius Junior – “Real”;
7. Luka Modrich – “Real”;
8. Kevin de Bryuyne – “Manchester Siti”;
9. Filip Foden – “Manchester Siti”;
10. Trent Aleksander-Arnold – “Liverpul”.