Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra:
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyini davlat muassasasi shaklida;
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyini “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shahar, Ch.Abdirov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari mol-mulki va boshqa moddiy boyliklari bilan birgalikda bir oy muddatda muzeyga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlaydi.
Samarqand shahar, Mirsaid Baraka koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda muzey va uy-muzeyga sayyohlarni keng jalb etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzey va uy-muzey ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan toʻldiradi.