Konferensiyada quyidagi oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar:

FH JOANNEUM amaliy fanlar universiteti (Avstriya);

Istanbul Medipol universiteti (Turkiya);

Xalqaro tibbiyot maktabi (Qirgʻiziston);

Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro davlat tibbiyot instituti (Oʻzbekiston);

Oʻsh davlat universiteti (Qirgʻiziston);

Qaragʻanda tibbiyot universiteti (Qozogʻiston);

Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti (Qozogʻiston);

Avitsen nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston);

Xatlon davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston). Anjumanda yuqoridagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari ishtirokchilari-vakillari oʻz taʼlim muassasalari haqida taqdimotlar va videoroliklar taqdim etdilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi (R.K.Dadaboyeva) haqida maʼlumotlar taqdim etish bilan bir qatorda BERNICA loyihasini (O.F.Eshmamatov) tarqatish va muloqot qilish boʻyicha batafsil reja taqdim etildi.

BERNICA loyihasi koordinatori K.Djusupov tomonidan taqdim etilgan Xalqaro tibbiyot maktabi loyihaning batafsil rejasi, maqsadlari va butun davr uchun vazifalarni bajarish yoʻllarini taqdim etdi.

2 kunlik konferensiya juda konstruktiv va mazmunli oʻtdi. BERNICA xalqaro tadqiqot va taʼlim loyihasida ishtirok etuvchi davlatlar oʻrtasida BERNICA loyihasining eng yaxshi logotipi uchun tanlov eʼlon qilindi.

Taqdim etilgan barcha ishlar orasida TMA IT boʻlimi boshligʻi Abror Musaxonov tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi taqdim etgan logotip loyihasi eng yaxshi logotipi sifatida tanlandi!