Ilgari kichik binoda joylashgan Beruniy tumani Davlat xizmatlari markazining xonalari biroz tor bo'lib, bu o'z navbatida fuqarolarga xizmat ko'rsatishda markaz xodimlariga noqulayliklarni keltirib chiqarayotgandi. Davlat xizmatlari markazining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirilishi ana shu muammolarni bartaraf etdi.

Bugun 5 iyun` sanasida mana shu yangi binoning ochilish marosimi o'tkazildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov yig'ilganlarni yangi imoratning ochilishi bilan qizg'in tabriklab, yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g'oyani hayotga keng tatbiq qilish maqsadida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazlarining fuqarolarga qulayliklar yaratishga e'tibor qaratib, ularning yashab turgan joylarida, jumladan, olis hududlarda davlat xizmatlarini ko'rsatayotganini alohida ta'kidladi.

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga 130 dan ortiq xizmat turlarini ko'rsatib kelmoqda.

Zamonaviy, eng so'nggi axborot-texonologiya vositalari bilan ta'minlangan bu binoda endi markaz xodimlari va fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. YAngi imoratda dam olish va tibbiyot xonalari, bolalar maydonchasi mavjud. Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Madad” nodavlat, notijorat tashkiloti huquqiy maslahat byurosi shu erning o'zida fuqarolarga bepul maslahatlar berib boradi.

SHuningdek, markazda elektron navbat tizimi joriy qilingan. Zarur antiseptik vositalar bilan ta'minlangan markazda fuqarolarga masofani saqlagan holda xizmatlar ko'rsatilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati