Gilam toʻqish qoʻl mehnatini talab qiladi. Beruniy tumani “Mahtumquli” OFY 3 sektor hududida turkmancha gilamlarni toʻqish yoʻlga qoʻyilgan. Bu gilamlar dunyoda mashhur turkman gilamlaridan. Tuya va qoʻy junidan toʻqiladigan bir dona gilam 10 kun vaqt ichida bitkazilib, tayyor holatga keltiriladi.
Gilam toʻqish bilan shugʻullanadigan ayollarning aytishicha, turkman millatiga mansub qizlar oila qurayotganida toʻy sepiga qoʻshib beriladigan kichik hajmdagi gilamlarga ayniqsa talab katta. Bunday qadimiy hunar sirlarini hozirgi yosh avlodga oʻrgatish, “ustoz-shogird” anʼanalarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qartalyapti. Bu esa qadimiy anʼanalarning bardavomligini taʼminlaydi.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri